“Повулғон қишлоғида асосий йўл таъмири тугагунига қадар муқобил кириш-чиқиш йўлини ташкил этиш тўғрисида”
Ташаббус тавсифи
MUROJAAT Hurmatli rahbarlar! Biz, Povulg‘on qishlog‘i aholisi, qishloq ichki asosiy yo‘lining betonlashtirilishi munosabati bilan murojaat qilmoqdamiz. Asosiy yo‘l ta’miri vaqtida qishloqqa kirish-chiqish cheklanib, aholiga, ayniqsa, keksalar, ishga va o‘qishga qatnaydigan fuqarolarga noqulaylik tug‘ilishi mumkin. Eng muhimi, tez yordam, yong‘in-qutqaruv, gaz va elektr xizmatlarining harakatlanishida muammo yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Mardlar ko‘chasida qo‘shni qishloqqa olib chiqadigan muqobil yo‘l uchun ilgari ajratilgan joy mavjud. Shu hududni joyiga chiqib o‘rganib, asosiy yo‘l ta’miri tugaguniga qadar undan muqobil kirish-chiqish va favqulodda xizmatlar uchun yo‘l sifatida foydalanish imkoniyatini yaratib berishingizni so‘raymiz. Murojaatimizni amaliy jihatdan o‘rganib, ijobiy hal etishingizni so‘raymiz. Povulg‘on qishlog‘i aholisi nomidan Фуқаро мурожаати ижоби хал бўлаётканлиги сабабли бекор қилишини сўради Kutilayotgan natija: Asosiy yo‘l ta’miri tugaguniga qadar Mardlar ko‘chasidagi mavjud imkoniyatni o‘rganib, qishloq aholisi uchun muqobil kirish-chiqish yo‘lini tashkil etish va tez yordam, yong‘in-qutqaruv hamda boshqa maxsus xizmatlarning erkin harakatlanishini ta’minlash.
Муддат: 30-август, 2026